103 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi Vataniga qaytarildi va UQKning 103 nafar harbiy xizmatchisi Ukrainaga topshirildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Rossiyalik askarlarni Ukraina-Belarus chegarasida avtobuslar va tez yordam mashinalari kutib oldi. Qaytib kelgan askarlarning 31 nafari yaralangan, deyiladi xabarda.
«Rossiya harbiy xizmatchilarini asirlikdan qaytarishda Birlashgan Arab Amirliklari gumanitar vositachilik sa’y-harakatlarini amalga oshirdi,» - deyiladi vazirlik xabarida.