Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

SHHT butun dunyoda tinchlikni ta’minlashga yanada katta hissa qo‘shishga qodir — bosh kotib

SHHT butun dunyoda tinchlikni ta’minlashga yanada katta hissa qo‘shishga qodir — bosh kotib

Tovarlar, kapital, texnologiyalar va xizmatlarning erkin harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish zarur, dedi Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bosh kotibi Chjan Min SHHT sammitida so‘zlagan nutqida.

Chjan Minning fikricha, SHHT e’tiborini “SHHTga a’zo davlatlarning 2035 yilgacha bo‘lgan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” va “Shanxay hamkorlik tashkilotining 2030 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish strategiyasi”ni amalga oshirishga qaratish maqsadga muvofiqdir.

“Savdo-iqtisodiy institusional mexanizmlarni rivojlantirish, tovarlar, kapital, texnologiyalar va xizmatlarning erkin harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini yaratish va aholi bandligini oshirishda sa’y-harakatlarni birlashtirish, a’zo davlatlar aholisi sezilarli foyda olishlari uchun mintaqalararo hamkorlikni va korporativ o‘zaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadga muvofiqdir”, -dedi u.

Unga ko‘ra, SHHT turli qiyinchilik va sinovlarni yengib, mintaqa va butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik, taraqqiyotni ta’minlashga yanada katta hissa qo‘shishga qodir.

“Ishonchim komilki, bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli SHHT turli qiyinchilik va sinovlarni yengib o‘tadi, mintaqada va butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik, taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashga yanada katta hissa qo‘shadi”, - dedi Chjan Min.

Bugun Nyu-Dehlida SHHT Davlat rahbarlari kengashining yigirma uchinchi sammiti videoaloqa formatida bo‘lib o‘tdi.

Eron Shanxay hamkorlik tashkilotining to‘laqonli a’zosiga aylandi.

Kiritildi: 18:05 04.07.2023. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!