Dastlab, bitiruvchi yoshlarga va maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrigi» o‘qib eshittirildi.
Raqamli texnologiyalar vaziri SH.Shermatov ham bitiruvchilarga o‘zining tabrigini yo‘llab, 20 nafar yoshlarga Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida be’pul ta’lim olish uchun vaucherlar taqdim etdi.
Shu bilan bir qatorda, maktab faxriy o‘qituvchilariga minnatdorlik ramzi sifatida guldastalar topshirildi hamda maktabda raqamli texnologiyalarga o‘qitish sohasida maktabdan tashqari to‘garaklar tashkil etish bo‘yicha rejalar kelishib olindi.