Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sherobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.D. “Mehnatobod” mahallasidagi “SH.Z.” fermer xo‘jaligining 40 sotix sug‘oriladigan ekin yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, 210 kv. metr maydonda qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (er uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.