Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shayxontohurda yana bir noqonuniy qurilgan do‘kon buzildi

Shayxontohurda yana bir noqonuniy qurilgan do‘kon buzildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqaro A.R.zimmasiga Shayxontohur tumani, Jarariq mavzesi, 11 uy oldidagi 0,110 kv.m yer maydonidagi noqonuniy qurilmani buzib tashlash hamda noqonuniy egallangan yer maydonini bo‘shatish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Shayxontohur tuman bo‘limiga 21.10.2023 yilda kelib tushgan.

Ijro harakatlari davrida, fuqaroga qonun talabi asosida egallangan yer maydonini bo‘shatish, u tomonidan qurilgan noqonuniy qurilmani buzib tashlash yuzasidan ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsa-da, qarzdor sud qarorini bajarmay keldi.

Shundan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, natijada noqonuniy qurilma majburiy tartibda buzildi va yer maydoni bo‘shatib qo‘yildi.

Kiritildi: 20:42 09.02.2024. O'qildi: 946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!