Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari Moskvada o‘rganilmoqda

A A A
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari Moskvada o‘rganilmoqda

Kuni kecha Moskva shahrida marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomi bilan ataladigan birinchi diniy-ma’rifiy o‘qishlar boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qiladi.

Tadbirda bir guruh taniqli ulamolar, yetuk olimlar, davlat va din arboblari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi kotibiyati mudiri Muhammad Ayubxon domla Homidov ham ishtirok etmoqda.

Diniy o‘qishlar Shayx Muhammad Sodiq nomidagi musulmonlar diniy-ma’rifiy markazi tashabbusi bilan RF Musulmonlarga psixologik ko‘mak ko‘rsatish assosiasiyasi, Islom madaniyati, ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

O‘qishlar chog‘ida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari asarlari va pandu nasihatlaridan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan Rossiya Federasiyasiga kelgan mehnat muhojirlari bilan ishlashda qo‘llash, sof Islom ma’rifatini tarannum etish, soxta diniy oqimlar va mutaassib qarashlarga qarshi kurashishda foydalanish masalalariga alohida urg‘u qaratilishi ma’lum qilingan.

Diniy-ma’rifiy tadbir davom etmoqda.

 

Kiritildi: 15:02 05.11.2019. O'qildi: 4770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!