Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Shayx Alouddin Mansur vafot etdi

Shayx Alouddin Mansur vafot etdi

O‘zbek xalqi va Islom olami uchun yana bir buyuk olimini yo‘qotdi.  Shayx Alouddin Mansur rahimahulloh vafot etganlari haqida xabar keldi. 

Shayx Alouddin Mansur, taniqli o‘zbek ulamolaridan. 1952 yilda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatining Qorasuv shahrida tug‘ilgan. Zamonasining atoqli olimlaridan tahsil olib, ilmini kamolga yetkazdi.

Olim Qur’oni karim ma’nolarining o‘zbekcha izohli tarjimasini tayyorlashdek ulkan vazifani sharaf bilan ado etdi hamda uning tarjimasi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi o‘tkazgan tanlovda eng yaxshi deb topildi. Kitob 1991-1993 yillarda avval «Sharq yulduzi» jurnalida, keyin G‘afur G‘ulom va «Cho‘lpon» nashriyotlarida bir million nusxada bosildi. Shundan keyin shayx Alouddin Mansur 2000 yilda Qorasuv shahrida «Qur’oni karimni o‘rganish ilmiy markazi»ni tashkil etib, Qur’oni karim ma’nolarining rus, turkman, qozoq va qirg‘iz tillariga tarjima qilindi. 

Shayxning «Imom A’zam buyuk imomimiz» nomli asari ham nashr etilgan edi.

Alloh rahmat qilsin, qilgan xizmatlari uchun ulug‘ ajrlar bilan siylab, sahv-u xatolarini mag‘firat qilsin. Yaqinlari va qarindosh-urug‘lariga sabri jamil tilaymiz.

Kiritildi: 17:06 13.10.2020. O'qildi: 5273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!