Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shayton bilan Iblisning farqi

Shayton bilan Iblisning farqi

Insonni Alloh taologa itoat qilishdan chalg‘itib, gunoh-ma’siyatlarga undaydigan har qanday kimsa “shayton” hisoblanadi. Shaytonlar jinlar toifasidan bo‘lgani kabi insonlar toifasidan ham bo‘ladi. Ularni birlashtiradigan nuqta bitta – yer yuzida zulm va nohaqlikni yoyish. Jinlar toifasidagi shaytonlar haq yo‘ldan uzoqlashib,  isyonga yuz tutgan va kufrga chorlovchilardir. Inson toifasidagi shaytonlar esa jinlar toifasidagi shaytonlar bilan maqsadlari bir. Shuning uchun biz qachonki shaytonga ta’rif beradigan bo‘lsak, qandaydir muayyan mavjudod haqida emas, balki uning tabiati haqida so‘z yuritamiz, xolos. Kufr, shirk va isyonga chorlovchi har qanday kimsa shaytondir.

Iblisga kelsak, biz uni jinlar toifasidagi shayton deb aytamiz. U qachonlardir ulug‘ daraja erishgan va aytish mumkinki, farishtalar orasida ham birmuncha vaqt yashagan. Ammo uning farishtalardan farqli jihati – tanlash imkoniga ega edi. Iblisda Alloh taoloning amriga itoat qilish yoki qilmaslik huquqi to‘liq bor edi. Buyruqdan bosh tortishi uning isyonkor ekanligining  belgisi bo‘ldi. Albatta, bu Alloh taoloning irodasi bilan bo‘ldi. Zero Alloh iblisni itoat yoki isyonni tanlashga ixtiyorli qilib yaratgandi.

Shayx Mutavali Sha’roviyning

Shaytonning insonga adovati” kitobidan

Manba: hidoyat.uz

Kiritildi: 07:50 11.12.2019. O'qildi: 6230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!