Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Shaxsga doir ma’lumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Shaxsga doir ma’lumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Adliya vazirligi fuqarolarni shaxsga doir ma’lumotlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

Chunki turli to‘lov operatorlari va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, davlat xizmatlari ko‘rsatishda ularning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlari orqali yordam ko‘rsatish taklif qilinmoqda.

Biroq, aksariyat hollarda tadbirkorlar va to‘lov operatorlari tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar yakuni bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarning yig‘ilishi hamda bu ma’lumotlar boshqa shaxslarga berilishi va oqibatda undan turli g‘araz niyatlarda foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

Lekin shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

«Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunda mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek, uchinchi shaxsning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlari o‘ziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli ma’lum bo‘lib qolgan shaxsga doir ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymasligi belgilangan.

Shunday ekan, shaxsga doir ma’lumotlarni duch kelgan kishilarga, shaxsingizga oid ma’lumotlarni sir saqlashni kafolatlay olmaydigan sub’ektlarga taqdim etmang. Aks holda ular ma’lumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin.

Kiritildi: 09:53 13.11.2024. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!