Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
18 sentyabr kuni musobaqaning 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tur doirasida O‘zbekiston yigitlar jamoasi Ukrainani 3:1 hisobida, qizlar jamoasi esa Gresiya termasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.
Erkaklar:
O‘zbekiston — Ukraina 3:1
Ayollar:
O‘zbekiston - Gresiya 2,5 : 1,5
7-turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi 3-o‘rinda bormoqda. Musobaqa reytingining dastlabki ikki o‘rnida Hindiston va Eron joylashgan.
Qizlar o‘rtasidagi jadvalda ham Hindiston jamoasi yetakchi bo‘lib turibdi. Polsha va Qozog‘iston kuchli uchlikni yakunlab bergan. O‘zbekiston qizlari 11-o‘rinda bormoqda.
Musobaqaning 8-tur uchrashuvlari bugun, 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston yigitlar jamoasi Serbiya bilan, qizlar esa AQSh jamoasi bilan to‘qnashadi. Ma’lumot uchun, AQSh tarkibida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Gulruhbegim Tohirjonova harakat qiladi.