Qizlarimiz kuchli terma jamoa bo‘lgan Bolgariya ustidan 2.5-1.5 hisobida g‘alaba qozondi. Afro‘za Hamdamova juda chiroyli g‘alabaga erishgan bo‘lsa, qolgan 3 nafar vakilimiz durang qayd etdi.
Yigitlarimiz esa, ming afsuski, Vetnam terma jamoasiga 3-1 hisobida kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi. Abdusattorov va Vohidov durang qayd etgan bo‘lsa, Yakubboyev va Sindorov raqiblaridan taslim bo‘ldi. Lekin bu katta fojia emas, hammasi oldinda. Ketma-ket g‘alabalar orqali bugungi yo‘qotishni bartaraf etsa bo‘ladi.