Bugun 17 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Karlsen bilan durang o‘ynadi

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Karlsen bilan durang o‘ynadi

Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess India" turniri rapid bahslarining so‘nggi 7, 8 va 9-turida Nodirbek Abdusattorov amerikalik Uesli So, hindistonlik Arjun Ergaisi va FIDE reytingi yetakchisi Magnus Karlsen bilan bahslashdi.

O‘z tarixida oltinchi bor o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqaning 9-turida jahon reytingi peshqadami Magnus Karlsenga qarshi oq donalarda dona surgan Abdusattorov durangga erishdi.

Musobaqani muvaffaqiyatli boshlab, dastlabki ikki kunda yutqazmagan Nodirbek rapid bahslarida 5 ochko bilan 4-o‘rinni egalladi.

N.Abdusattorov musobaqaning yettinchi va sakkizinchi turlarida amerikalik Uesli So hamda hindistonlik Arjun Ergaisiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mukofot jamg‘armasi 41 ming 500 AQSh dollarini tashkil etgan xalqaro turnirda Abdusattorov 4-o‘rinni egallashi ortidan rapid yo‘nalishida 2 ming AQSh dollariga ega chiqdi.

Turnirda 6 g‘alaba va 3 durang qayd etgan Magnus Karlsen 7,5 ochko bilan rapid bahslari g‘olibiga aylandi.

16-17 noyabr kunlari o‘tadigan blis bahslarida hamyurtimiz g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Rapid yo‘nalishidagi singari blisda ham 7-o‘ringacha joy egallagan shaxmatchilar tegishli tartibdagi mukofot mablag‘lari bilan taqdirlanadi.
Kiritildi: 20:11 16.11.2024. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!