Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi turnirda 4-o‘rinni egalladi

A A A
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi turnirda 4-o‘rinni egalladi

Germaniyada Fisher nomidagi Freestyle Chess G.O.A.T Challenge shaxmat turniri kecha yakuniga yetdi.

Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun Levon Aronyanga qarshi ikkinchi o‘yinni o‘tkazdi. AQShlik shaxmatchi butun bahs davomida deyarli bexato o‘ynadi. Natijada hamyurtimiz kichik xatolar evaziga o‘yinni boy berdi.

Nodirbek kechagi bahs so‘ngida yo‘l qo‘ygan xato tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqargani va durangga imzo chekkani haqida xabar berib o‘tgandik. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Aronyan 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Abdusattorov 4-o‘rin bilan cheklandi. O‘zbekistonlik shaxmatchi ushbu musobaqada 20.000 dollar miqdorida mukofot puliga ega bo‘ldi.

Magnus Karlsen esa turnir g‘olibiga aylandi. U finalda AQShlik Fabiano Karuana ustidan 1,5 - 0,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 04:35 17.02.2024. O'qildi: 1574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!