Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shaxmat. Javohir Sindarov — Titled Tuesday g‘olibi!

Shaxmat. Javohir Sindarov — Titled Tuesday g‘olibi!

Jahon shaxmati yulduzlari ishtirokida o‘tgan turnir doirasida Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi, so‘nggi turda o‘tkazilgan o‘zbek derbisida chempion aniqlandi.

Haftaning har seshanba kunlari an’anaviy Titled Tuesday turniri o‘tkaziladi. Mukofot jamg‘armasi katta bo‘lmasa-da, bu bir necha soatlik musobaqada dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bosh sovrin uchun bahs olib boradi. Ular orasida Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Arjun Ergaisi, Yan Nepomnyashiy, Vinsent Keymer va albatta Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov singari shaxmat yulduzlarini ko‘rish mumkin.

Quvonarlisi, kechagi turnirda hamyurtimiz amaldagi Jahon Kubogi sohibi Javohir Sindarov 9,5 ochko jamg‘arib, Titled Tuesday chempioniga aylandi. U hal qiluvchi so‘nggi turda Nodirbek Abdusattorov bilan durang qayd etdi. Bir yo‘la besh ishtirokchi 9 tadan ochko to‘plab, keyingi o‘rinlarni band etishdi. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov ham bor. U qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ragina 5-o‘rinni egalladi. Nodirbek turnir davomida qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, Magnus Karlsenni mag‘lub etishni uddaladi.

Shaxmat. Javohir Sindarov — Titled Tuesday g‘olibi!

Kiritildi: Bugun 11:26. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!