Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Shaxmat. Hamyurtimiz U20 toifasida rapid bo‘yicha jahon chempioniga aylandi

Shaxmat. Hamyurtimiz U20 toifasida rapid bo‘yicha jahon chempioniga aylandi

Joriy yilning 22–29 sentyabr kunlari Peruning Lima shahrida 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida tezkor shaxmat (rapid) va blis yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu musobaqada dunyoning 19 ta mamlakatidagi jami 89 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Shundan o‘g‘il bolalar o‘rtasida 22 nafar, qizlar o‘rtasida 20 nafar xalqaro unvonga ega shaxmatchilar bor. O‘zbekistondan 6 nafar shaxmatchi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan FIDE Rapid va Blitz jahon chempionatining Rapid yo‘nalishida Muhammadzohid Suyarov 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, faxrli oltin medal sohibi bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda hamyurtimiz Muhiddin Madaminov kumush medalga sazovor bo‘ldi.

U20 qizlar o‘rtasidagi turnirda Afruza Hamdamova 9 o‘yinda 6,5 ochko jamg‘ardi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Rapid natijalari — O‘zbekiston medallari (yakuniy turdan so‘ng):

Suyarov Muhammadzohid — 7,5 ochko, oltin.
Madaminov Muxiddin — 7 ochko, kumush.
Afruza Hamdamova — 6,5 ochko, 2-o‘rin (qizlar).

Rapid — Open yakuniy TOP-10

1. Suyarov Muhammadzohid (UZB) — 7,5/9 — 1-o‘rin (oltin)
2. Madaminov Muxiddin (UZB) — 7/9 — 2-o‘rin (kumush)
3. Lazavik Denis (BLR) — 7/9
4. Tikona Rokabado (BOL) — 7/9
5. Aarav Dengla (IND) — 7/9
6. Begmuratov Humoyun (UZB) — 6,5/9
7. Flores Kuillas D. (PER) — 6,5/9
8. Saruk Maksim (FIDE) — 6,5/9
9. Kordoba Roa A. (COL) — 6/9
10. Kano Alkaras J. (COL) — 6/9

Rapid — Qizlar yakuniy TOP-10

1. Balabayeva Keniya (KAZ) — 7/9
2. Hamdamova Afruza (UZB) — 6,5/9
3. Polyakova Varvara (FIDE) — 6,5/9
4. Jurava Anna (FIDE) — 6,5/9
5. Omonova Umida (UZB) — 6/9
6. Kontreras Xuaman Fiorella (PER) — 6/9
7. Kairbekova Amina (KAZ) — 6/9
8. Royebers Elin (NED) — 6/9
9. Tarasenka Aliaksandra (BLR) — 5,5/9
10. Ximenez Salas M. (PER) — 5,5/9
(11). Xalilova Madinabonu (UZB) — 5/9

Kiritildi: 22:45 26.09.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!