Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shaxmat federasiyasi rahbari o‘zgardi

A A A
Shaxmat federasiyasi rahbari o‘zgardi

Bugun bo‘lib o‘tgan Federasiyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston shaxmat federasiyasining yangi raisi etib saylandi.

Mazkur o‘zgarish bejizga emas. Chunki oxirgi paytlarda O‘zbekistonning iqtidorli shaxmatchilari tomonidan Federasiya rahbariyati o‘rtasidagi nizolar avj olgan, tanish-bilishchilik kuchayib ketgani xabar qilingan edi. Xususan, opa-singil shaxmatchilar Nafisa Mo‘minova, Hulkar va Gulruxbegim Toxirjonovalar hamda 12 yoshida shaxmat tarixida ikkinchi eng yosh xalqaro grossmeysterga aylangan Javohir Sindorovlarning federasiyadagi qing‘ir ishlar haqidagi chiqishlari jamoatchilik orasida keng muhokama qilindi.

Umid qilamizki, bugungi o‘zgarish eng qadimiy va mashhur intellektual sport turi bo‘yicha O‘zbekistondagi holatning yaxshilanishiga turtki bo‘ladi.
 

Kiritildi: 16:02 30.01.2021. O'qildi: 2658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!