Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekistonni albatta barpo etamiz!”

Shavkat Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekistonni albatta barpo etamiz!”

“Bugun shiddatli hayotning o‘zi barchamizni yanada ulkan marralar sari da’vat etmoqda.

O‘z kuchimiz va salohiyatimiz bilan barpo etgan mustaqil davlat, erkin va ozod jamiyatni yanada kuchli, yanada go‘zal va obod etish bosh vazifamizga aylanmoqda.

Bu shunday yuksak marraki, unga erishish uchun har qancha mehnat qilsak arziydi. Bu shunday buyuk, sharafli maqsadki, unga butun borlig‘imizni baxsh etsak arziydi.

Men ishonaman – barchamiz bir bo‘lib, aql-zakovat, bilim va tajribamiz, kuch-g‘ayratimizni ishga solib, bu ulug‘ manzilga albatta yetamiz. Yorug‘ va nurafshon kelajagimizni – Yangi O‘zbekistonni albatta barpo etamiz!

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, mana shunday ezgu g‘oya atrofida birlashib, islohotlarimizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan, fidokorona mehnati bilan yangi hayot binosini barpo etayotgan buyuk xalqimizga farzandlik mehri bilan ta’zim qilaman.

Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!”

– dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqining yakunida.

Kiritildi: 20:24 31.08.2024. O'qildi: 1735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!