Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Raisi Si Szinpinni lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Raisi Si Szinpinni lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlatimiz rahbarining qutlovida so‘nggi yillarda Xitoy Si Szinpin rahbarligida barcha soha va tarmoqlarda misli ko‘rilmagan natijalarga erishgani, ilmiy-texnologik, innovasion va ijtimoiy rivojlanishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgani alohida ta’kidlangan.

Xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mutlaqo yangi - har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga XXR Raisining qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi qayd etilgan.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan davlatlarimizning ko‘p qirrali hamkorligi bundan keyin ham xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Si Szinpinga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan zafarlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.

Kiritildi: 14:28 10.03.2023. O'qildi: 2044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!