Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston prezidentiga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘tgan yil may oyida Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv va bitimlarning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo komissiyaning ikkinchi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni O‘zbekistonda, ikki mamlakat hududlarini keng jalb etgan holda o‘tkazish muhimligini ta’kidladi.

Savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikning ustuvor loyihalarini, mehnat migrasiyasi va madaniy-gumanitar almashinuv borasidagi qo‘shma dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirishda parlamentlar faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi

Vyacheslav Volodin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani to‘g‘risida 13 mart kuni xabar berilgandi.

Kiritildi: 18:53 14.03.2025. O'qildi: 1076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!