Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Toshkent shahrida chang me’yoridan ikki baravar"

Shavkat Mirziyoyev: "Toshkent shahrida chang me’yoridan ikki baravar"

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida chang me’yoridan ikki baravar ekanligini ta’kidladi.

- Qurilish maydonlarida changni bostiruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalar keng joriy qilinishi shart va zarur bo‘ladi. Shaharda “yashil hudud”larni ko‘paytirish, ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.

Kelgusi yilda har bir tumanda sayilgoh hamda shahar bo‘yicha 25 ta “yashil hudud” va alleyalar tashkil etiladi.

28 ta kanalning 111 kilometr qirg‘oqlari mustahkamlanadi va sayilgohlar tashkil etiladi.

Poytaxtning 60 kilometr kanal bo‘ylari, 250 kilometr piyoda yo‘laklari atrofiga manzarali daraxtlar ekiladi.

Chirchiq daryosining shahardan o‘tuvchi 16 kilometr qismini obodonlashtirish hisobiga 306 gektar maydonda rekreasion zona, piyoda yo‘laklari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini qamrab olgan “Daryo bo‘yi” majmuasi barpo etiladi.

Natijada shahardagi “yashil maydonlar” ulushi hozirgi 16 foizdan, 30 foizga yetkaziladi, – deya ta’kidladi nomzod.

Kiritildi: 12:14 19.10.2021. O'qildi: 1590 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!