Bu haqida The New York Times xabar berdi.
"Eron oliy yetakchisi mamlakatning yuqori martabali rahbarlari, jumladan o‘zi halok bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar uchun bir necha bosqichli keng qamrovli favqulodda harakatlar rejasini ishlab chiqishni buyurgan", deya yozmoqda nashr.
Shuningdek, Xominaiy o‘z vakolatlarining bir qismini yaqin safdoshlari zimmasiga yuklagan, ular oyatullohning halok bo‘lishi yoki o‘g‘irlab ketilishi holatida to‘rt nafargacha ehtimoliy o‘rinbosarni aniqlashi kerak bo‘ladi.