Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi mudofaa vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi mudofaa vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Rossiya mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini Rossiya Federasiyasi Prezidentining 2024 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qabul qilingan dasturiy va reja hujjatlariga muvofiq ikki mamlakat mudofaa idoralari hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Kiritildi: 14:46 22.01.2025. O'qildi: 1532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!