Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Joylarda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhim"

A A A
Shavkat Mirziyoyev: "Joylarda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhim"

Masalan, bu yil hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarini qurish, mahallalarni obod qilish bo‘yicha investisiya dasturlariga 30 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.

Biroq, ana shu dasturni qabul qilishda qaysi deputat qatnashdi, uning ijrosi bo‘yicha kimdan hisobot talab qildi, degan savollar ochiq qolmoqda.

Shu munosabat bilan Prezident investisiya dasturlarini tayyorlashda deputatlar ham albatta ishtirok etadigan, ularning fikri inobatga olinadigan tizim yaratish tashabbusini ilgari surdi.

Bundan tashqari, tuman va shaharlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida kelgusi yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning o‘zida qoldirish taklif etildi.

Kiritildi: 13:51 18.11.2024. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!