Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Joriy yildan nafaqat elektr energiyasini ishlab chiqarish, balki uni iste’molchilarga yetkazib berishda ham xususiy sheriklik tamoyillarini qo‘llashni boshladik"

Shavkat Mirziyoyev: "Joriy yildan nafaqat elektr energiyasini ishlab chiqarish, balki uni iste’molchilarga yetkazib berishda ham xususiy sheriklik tamoyillarini qo‘llashni boshladik"

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida tantanali marosim boshlandi. Ushbu marosimda yurtboshimiz nutq so‘zlamoqda.

“Biz elektr energiyasi generasiyasi yo‘nalishidagi islohotlarimiz natijasida sohaga xorijiy sarmoyalarni davlat-xususiy sheriklik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etishda katta tajriba orttirdik.

Joriy yildan nafaqat elektr energiyasini ishlab chiqarish, balki uni iste’molchilarga yetkazib berishda ham xususiy sheriklik tamoyillarini qo‘llashni boshladik”, – dedi Prezidentimiz.

Xususan, Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini xususiy boshqaruvga berish bo‘yicha Turkiyaning “Aksa elektrik” kompaniyasi bilan kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi.

Ushbu kompaniya loyiha doirasida tarmoqni operasion boshqaruvga olib, investisiya kiritadi, tarmoqlarni modernizasiya qiladi, yo‘qotishlarni bosqichma-bosqich 2 barobarga kamaytiradi. Natijada har yili o‘rtacha 20 million dollar tejaladi.

Shunday tajriba asosida kelgusi yilda Jizzax va Sirdaryo, 2027 yilda Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlarga taklif etiladi.

Kiritildi: Bugun 13:37. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!