Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n beshinchi sammitida Mirziyoyev hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator aniq takliflarni ilgari surdi:
☑️yangilangan va keng qamrovli Savdo bitimini ishlab chiqish va qabul qilish;
☑️o‘zaro sarmoyalar oqimini ko‘paytirish va ularni ishonchli himoya qilish, sanoat kooperasiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan Qo‘shma harakatlar dasturini qabul qilish;
☑️Savdo, investisiyalar va innovasiyalar markazini tashkil etish hamda uning qarorgohini Toshkent shahrida joylashtirish;
☑️IHT mamlakatlarining transport-kommunikasiya aloqalarini rivojlantirish va tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan mintaqaviy strategiyani ishlab chiqish;
☑️xalqaro ekolog olimlar va ekspertlar ishtirokida yuqori darajadagi doimiy Muloqot kengashini tuzish;
☑️xavfsiz sayyohlikni rivojlantirish umummintaqaviy Dasturini qabul qilish;
☑️Afg‘oniston bilan mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yirik savdo, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish;
☑️IHT faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar tayyorlash uchun yuqori darajadagi Ekspertlar guruhini tuzish;
☑️Tashkilot doirasida muayyan sohani rivojlantirish bo‘yicha har yilga nom berish an’anasini joriy etish. O‘zbekiston raislik qiladigan davrda mamlakatlarda O‘zaro uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yili deb e’lon qilish.
🇺🇿2022 yilda IHTga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tdi.