Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan cho‘chimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!"

A A A
Shavkat Mirziyoyev: "Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan cho‘chimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!"

Prezident so‘zga chiqqan tadbirkor va ishbilarmonlarga bildirgan fikrlari, yangi-yangi ish o‘rinlari yaratib, odamlarni daromadli qilishga, kambag‘allikni qisqartirishga qattiq bel bog‘lashga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

"Sizlar tinch, erkin va farovon hayotimiz garovisizlar, desak, o‘ylaymanki, mubolag‘a bo‘lmaydi.

"Tadbirkor – elga madadkor" degan naqlda chuqur ma’no bor. Lekin, shunday katta mas’uliyatni zimmasiga olgan tadbirkorni o‘ziga kim madadkor? Agar qaysi hokim o‘z hududining gullab-yashnab, taraqqiy topishini istasa, avvalo, tadbirkor va yana bir bor tadbirkorga chinakam madadkor bo‘lishi kerak.

Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan cho‘chimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!", - dedi davlatimiz rahbari muloqot yakunida.

Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi. Hukumatga muhokama qilingan masalalar yechimiga qaratilgan barcha hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli kiritish topshirildi.

Kiritildi: 16:03 20.08.2024. O'qildi: 1595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!