Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Energetika sohasida ikkita muhim maqsadga erishishni asosiy vazifa qilib belgilaganmiz"

Shavkat Mirziyoyev: "Energetika sohasida ikkita muhim maqsadga erishishni asosiy vazifa qilib belgilaganmiz"

Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi ob’ektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimida nutq so‘zlamoqda.

"Bugun jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz va aholining talab hamda ehtiyojidan kelib chiqib, energetika tizimida katta islohotlarni amalga oshiryapmiz.

Biz bu yo‘nalishda ikkita muhim maqsadga erishishni asosiy vazifa qilib belgilaganmiz. Birinchisi, barcha tarmoq va hududlar uchun ishonchli va uzluksiz energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish. Ikkinchisi esa ana shu rejamizni zamonaviy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi muqobil manbalar hisobidan amalga oshirishdir", – dedi Prezidentimiz.

So‘nggi yillarda energetika tizimiga 35 milliard dollar xorijiy investisiya jalb qilindi va 9 ming megavatt yangi quvvatlar ishga tushirildi.

Natijada elektr ishlab chiqarish hajmi 2017 yildagi 60 milliard kilovatt-soatdan joriy yilda 85 milliard kilovatt-soatga yetdi.

E’tiborli jihati, salkam 5 ming megavattli quyosh va shamol, 400 megavattli gidroyelektr stansiyalari ishga tushirildi. Jami generasiya quvvatlarida “yashil” energiyaning ulushi bu yil 30 foizga yetkaziladi.

Kiritildi: Bugun 12:53. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!