Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Donald Trampning yangi muddatdagi faoliyati davomida AQShning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori, iqtisodiy qudrati va salohiyati, global miqyosdagi o‘rni va ahamiyati yanada ortishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston AQShning mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi va alohida qadrlaydi.

"Sizning birinchi Prezidentlik davringizda O‘zbekiston-AQSh o‘rtasida yangi davrdagi strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganini va ko‘p qirrali aloqalarimiz yuqori bosqichga ko‘tarilganini istar edim. Biz bundan keyin ham ikki va ko‘p tomonlama platformalar doirasida uzoq muddatli hamkorligimizni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz",

– deyiladi Prezidentimiz maktubida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Kiritildi: 16:46 21.01.2025. O'qildi: 1444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!