Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Qator rahbarlar ishdan olinishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Qator rahbarlar ishdan olinishi kutilmoqda

Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, videoselektor yig‘ilishida joriy yilda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash dasturini amalga oshirish choralari tanqidiy ko‘rib chiqiladi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili kichik biznes sub’ektlariga davlat tomonidan kreditlar va moliyaviy yordam ko‘rinishida qariyb 120 trln so‘m ajratilgan. Buning natijasida pandemiyadan zarar ko‘rgan 104 mingta korxona faoliyatini qayta tiklash hamda xususiy korxonalarning aylanma mablag‘larini 33 foizga oshirishga erishilgan. 

«Biroq, ayrim viloyatlarda bu borada olib borilayotgan ishlar biznes va hukumatning talablariga javob bermayapti. Shu sababli prezident turli darajadagi qator rahbarlarni ishdan olishi kutilmoqda», dedi manba. 

Bundan tashqari, davlat rahbari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni belgilab beradi.

Kiritildi: 14:40 08.04.2021. O'qildi: 6942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!