Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Bugun ishga tushirilayotgan korxonalar katta istiqbolga ega"

Shavkat Mirziyoyev: "Bugun ishga tushirilayotgan korxonalar katta istiqbolga ega"

Yurtimizdagi xususiy sektor, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarida 2 ming megavattli kichik quyosh panellari o‘rnatildi. Ularda shu yilning o‘zida qo‘shimcha ravishda 2 milliard kilovatt-soatga yaqin muqobil energiya ishlab chiqarildi. Shuningdek, hududlarda 69 ming kilometr elektr tarmoqlari, 14 mingta transformator va yuqori kuchlanishli podstansiyalar yangilandi.

Sohadagi bunday o‘zgarishlar mahalliy korxonalar rivojiga ham katta turtki bermoqda.

Ushbu korxonalar tomonidan yangi qurilayotgan elektr stansiyalari va tarmoqlariga yil boshidan buyon 700 million dollarlik qurilish materiallari, metall konstruksiyalar, kabel o‘tkazgichlar, elektr qurilmalari yetkazib berildi, loyihalash-injiniring va qurilish xizmatlari ko‘rsatildi.

Masalan, Norin kaskad GESining 38 megavattli ilk gidroyelektr stansiyasi to‘liq mahalliy mahsulotlardan foydalangan holda ishga tushirildi.

Prezidentimiz soha rivojiga xizmat qiladigan qurilish, elektrotexnika va servis korxonalarimiz kelgusida xalqaro standartlarga javob beradigan yirik milliy kompaniyalarga aylanishiga ishonch bildirdi.

"Shu ma’noda, bugun ishga tushirilayotgan va yiliga 15 mingta transformator ishlab chiqaradigan "Angren Energo" hamda 155 ta gidroagregat tayyorlab beradigan "O‘zhydropower” korxonalari katta istiqbolga ega, desak to‘g‘ri bo‘ladi" - dedi davlatimiz rahbari.

Kiritildi: Bugun 13:00. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!