Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Bishkekda o‘tadigan majlisda qatnashishi mumkin

A A A
Shavkat Mirziyoyev Bishkekda o‘tadigan majlisda qatnashishi mumkin

Joriy yil 13 oktyabr kuni Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimboqiyev ma’lum qildi.

– Bo‘lajak tadbir davomida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinadi.

MDHning mazkur sammitida Hamdo‘stlik davlat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, joriy yilda Qirg‘iziston MDH organlariga raislik qilmoqda, – deydi Muratbek Azimboqiyev.

Kiritildi: 21:00 04.10.2023. O'qildi: 1611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!