Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 avgust tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog‘ida Asakadagi General Motors avtomobil zavodi faoliyati haqida gapirdi.
«Eksportga yuborgan mashinamizni ichki bozorga nisbatan 30-40 foiz arzonroq qilib sotar edik. Chegaradan o‘tkazib qo‘yar edik-da, eksport qilyapmiz deb, g‘o‘ddayar edik. U eksport emas, balo edi», — Shavkat Mirziyoyev.
«Andijon mashina zavodi 3-4 yildan keyin bizga kerak ham emas. Nimaga desangiz, mana Toshkent viloyatida, Namanganda ochilyapti, Jizzaxda hech kim tasavvur qilmagan 2-3 ta zavod ochyapmiz. Shuning uchun biz Andijon zavodini ko‘rsatganimizda ham faqat rasmini ko‘rsatar edik, binosi chiroyli edi. Iqtisodiyoti ma’qul emas edi», — dedi davlat rahbari.
Prezidentning ta’kidlashicha, endi raqobat muhitini shakllantirish natijasida zavod o‘z faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi.