Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 17-19 fevral kunlari Vashington shahrida bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 17-19 fevral kunlari Vashington shahrida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 17-19 fevral kunlari Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Vashington shahrida bo‘ladi.

Kengashning birinchi sammiti AQSh Tinchlik institutida bo‘lib o‘tadi hamda G‘azo sektorini tiklash, unga gumanitar yordam ko‘rsatish, ushbu mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlanadi.

O‘zbekiston yetakchisi tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida Amerikaning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokidagi strategik loyihalar taqdimoti hamda iqtisodiy sohaga oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tinchlik kengashi AQSh Prezidenti Donald Trampning tashabbusi bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston joriy yil yanvar oyida Shveysariyaning Davos shahrida unga ta’sischi davlat sifatida qo‘shildi.

Kiritildi: Bugun 08:13. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!