Bu haqda O‘zbekiston rahbari Dushanbedagi SHHTning yubiley sammitida aytib o‘tdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda bugun yangi voqelik shakllangan, yangi kuchlar hokimiyatga kelgan. Shu munosabat bilan u mazkur mamlakatdagi vaziyatga muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqish hamda uning yangi hokimimiyati bilan muloqotni rivojlantirish zarurligini bildirdi.
"Bu borada Afg‘onistonning xorijiy banklardagi davlat aktivlarini eritish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak", – dedi Mirziyoyev.
Bu mamlakatdagi harakatlarni birlashtirish va siyosiy tartibga solish masalalarini keng muhokama qilish uchun Prezident kuzatuvchi davlatlar va muloqot sheriklarini jalb qilgan holda "SHHT-Afg‘oniston" formatida oliy darajadagi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishni taklif qildi. Birinchi uchrashuv uchun platforma sifatida Toshkent taklif qilingan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham o‘z chiqishida "SHHT-Afg‘oniston" formatining qayta tiklanishi haqida gapirib o‘tdi.