Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga boradi

Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29 mart kuni oliy darajadagi norasmiy uchrashuv o‘tkazish uchun amaliy tashrif bilan Olmaota shahrida bo‘ladi.

Ikki mamlakat delegasiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Savdo, sanoat kooperasiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish e’tibor markazida bo‘ladi.

Eslatib o‘tish joizki, o‘tgan yilning aprel oyi boshida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining shunday ikki tomonlama uchrashuvi Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Kiritildi: 15:08 28.03.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!