Vashington universiteti olimlarining tadqiqotiga ko‘ra, kuniga kamida bir marta shakarli shirin ichimlik ichadigan odamlarda og‘iz bo‘shlig‘i saratoni rivojlanish xavfi gazlangan suv ichmaydiganlarga qaraganda besh baravar yuqoriroq bo‘ladi. Bu haqda olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda ma’lum qilindi.
Tadqiqot asosan yosh, chekmaydigan va spirtli ichimliklar iste’mol qilmaydigan odamlar orasida og‘iz bo‘shlig‘i saratoni bilan kasallanish holatlarining keskin o‘sishi fonida o‘tkazildi.
Masalan, 2020 yilda og‘iz bo‘shlig‘i saratonining 355 mingdan ortiq yangi holatlari aniqlangan, ulardan deyarli 177 mingtasi o‘lim bilan yakunlangan.