Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Shahzoda o‘z o‘g‘lini sudga berdi

Shahzoda o‘z o‘g‘lini sudga berdi

Germaniyadagi Gannover qirollik uyi egasi, shahzoda Ernst Avgust o‘z o‘g‘lini sudga berdi, deb xabar bermoqda «MailOnline».

Ma’lum qilinishicha, kichik Ernst Avgust, otasidan yashirincha, 154 yil davomida oilaga tegishli bo‘lgan Mariyenburg oilaviy qal’asini sotib yuborgan.

Gazetaning yozishicha, 2004 yilda Gannover shahzodasi o‘g‘liga Mariyenburg kabi bir qancha yirik ko‘chmas mulk ob’ektlariga egalik qilish huquqini bergan. 2018 yilda kichik Avgust qal’ani ta’mirlash va tiklash unga juda katta qimmatga tushayotganligini anglab, oilasiga aytmasdan Germaniya hukumatiga 1 yevroga sotgan.

Shuningdek, qal’a bilan bir qatorda yuzga yaqin eski rasmlar, antiqa buyumlar va haykallar ham hukumatga topshirilgan.

Kichik Avgustusning otasi esa ushbu bitimni sud orqali bekor qilmoqchi.

«Bundestag allaqachon qasrni rekonstruksiya qilish uchun 14 million yevro ajratishga ovoz bergan, shuning uchun hukumat, uni butunlay o‘ziniki deb biladi», deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 04:30 23.02.2021. O'qildi: 5948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!