Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud Ar-Riyodda Luvrga o‘xshash san’at galereyasini qurish niyatida.
Bu haqda Prinston universitetining Yaqin Sharq tadqiqotlari kafedrasi professori Bernard Xaykel xabar berdi. Uning so‘zlarini The Times nashri keltirgan.
Xaykelning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya shahzodasi unga «Ar-Riyodda juda katta muzey qurmoqchi» ekanini aytgan va millionlab sayyohlar uchun Leonardo da Vinchining «Salvator Mundi» kartinasi u yerda bo‘ladi.
Kartina 2017 yilda 450 million dollarga (360 million funt sterling) sotilgan. Rasm egasi Muhammad bin Salmon Ol Saud ekanligi rasman tasdiqlanmagan. Rasm Jenevadagi omborda bir necha yil davomida saqlanib kelinmoqda, deb yozadi The Times.
Da Vinchi «Salvator Mundi» asarini taxminan 1500 yilda yaratgan. Rasm Yevropa qirollik oilalarining kolleksiyalarida bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan va bir muncha vaqt yo‘qolgan deb hisoblandi. U birinchi marta 1958 yilda Sotheby’s kim oshdi savdosiga «da Vinchi maktabi» ustalaridan birining rasmi sifatida qo‘yilgan.