Bugun 30 may, 2020 yil, shanba

КИР

Shahzoda Garri jurnalistlardan nega norozi?

Shahzoda Garri jurnalistlardan nega norozi?

Shahzoda Garri "sariq matbuot" ga qarshi urush e’lon qilgan ko‘rinadi. Sasseks gersogi unvoniga ega bo‘lgan shahzoda Britaniyaning ikkita yirik gazetasi – Sun va Daily Mirror nashrlarini o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy yozishmalari va ovozli pochta xabarlarini noqonuniy ravishda fosh qilishda ayblamoqda. 

Shahzoda ilgari bu masalada turmush o‘rtog‘i Megan Marplni qo‘llab-quvvatlab chiqqandi. Malika ham Mail on Sunday gazetasini shaxsiy yozishmalarini noqonuniy tarzda ommaga e’lon qilganlikda ayblagan. O‘shanda u otasiga yozgan xabarnomada shaxsiy hayotiga oid janjalli vaziyatlar orqali pul ishlamaslkni so‘ragandi. Darhaqiqat bundan ancha payt ilgari shahzoda va uning rafiqasi Megan Marpl o‘rtasidagi oilaviy janjallar matbutning asosiy mavzusiga aylangan. 

“Evronyus” xabar berishicha, Shahzoda Garri matbuot xodimlarining bunday xatti-harakatlari yaxshilikka olib bormasligini aytib, 22 yil oldin uning oilasida yuz bergan fojiani yodga oldi. Eslatib o‘tamiz, 1997 yil 31 avgust kuni shahzodaning onasi malika Diana jurnalistlar ta’qibidan qochayotib avtohalokatga uchragan va hodisa joyida vafot etgan edi. 

Kiritildi: 06:30 07.10.2019. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!