Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Shahrisabz tumanida qo‘lbola alkogol mahsuloti ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Shahrisabz tumanida qo‘lbola alkogol mahsuloti ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.U. “Loliston” MFY hududidagi xonadonida qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi fosh etilib, ushbu sexdan 810 dona qalbaki aksiz markalar, 1 864 dona "YANGI SHAHRISABZ" nomli yorliqlar, 3 430 dona har xil turdagi qopqoqlar, 85 litr qo‘lbola tayyorlangan aroq, 1 dona filtr uskunasi, sana qo‘yishga mo‘ljallangan muhr va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:20 08.02.2025. O'qildi: 1484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!