Bugun 22 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Shahobiddin Zoirov Yoel Finolga qarshi revansh o‘tkazadi!

Shahobiddin Zoirov Yoel Finolga qarshi revansh o‘tkazadi!

Xabaringiz bor, 2024 yilning 6 dekabr kuni taniqli bokschimiz Shahobiddin Zoirov "IBA Champions Night 13" oqshomida venesuelalik Yoel Finolga qarshi jang o‘tkazgan edi.

O‘sha to‘qnashuvda hamyurtimiz raqibidan faolroq harakat qilganiga qaramay, yakunda hakamlar g‘oliblikni Venesuela vakiliga taqdim etishgandi.

Bahs natijasi esa ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgani bois IBA rahbari - Umar Kremlyovning shaxsan o‘zi ushbu masala bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgandi.

Vanihoyat, barchasiga oydinlik kiritildi.

Endi Dubay shahrida Shahobiddin Zoirov 12 dekarb kuni "IBA Champions Night 13" turnirida Yoel Finol bilan revansh o‘tkazadi!

Kiritildi: 11:02 21.11.2025. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!