Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Shahlo Ahmedova Shahram G‘iyosovga turmushga chiqadimi?

A A A
Shahlo Ahmedova Shahram G‘iyosovga turmushga chiqadimi?

Xonanda Shahlo Ahmedova Instagram’dagi Stories orqali muxlislarining barcha qiziqtirgan savollariga javob berdi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Shahloga yo‘llangan savollar orasida «Sevgidan kuyganmisiz?» degan mazmundagilari ham bo‘ldi.

«Sevib qolmaganman hali, sevgidan kuyish tuyg‘usi men uchun tushunarsiz», — deb javob berdi ushbu savolga xonanda.

Xonandaning muxlislaridan biri undan «Agar Shahram G‘iyosovga turmushga chiqsangiz, to‘yga chaqirasizmi?» deb so‘radi.

«Men unga turmushga chiqmayman, biz axir do‘stmiz-ku! Bunaqa gaplarni yozishni bas qiling, iltimos», — deb yozdi Shahlo Ahmedova ushbu savolga javoban.

Kiritildi: 14:41 11.08.2020. O'qildi: 26290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!