Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Shaharda yangi sherif paydo bo‘ldi

Shaharda yangi sherif paydo bo‘ldi

Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezident Donald Tramp bilan Oval kabinetdagi shov-shuvli uchrashuvdan so‘ng Oq uyni tark etishi kerakligi haqida "hali ham bahslashayotgan" Zelenskiyga shaxsan aytgani to‘g‘risida gapirdi, deb xabar bermoqda CNN.

Uoltsning aytishicha, matbuot ketgach, har ikki tomon alohida xonalarga kirib ketgan. U, davlat kotibi Marko Rubio va boshqa yuqori martabali amaldorlar Trampga "Oval kabinetdagi bu haqoratdan so‘ng biz qanday davom etishni ko‘rmayapmiz, bundan keyin har qanday munosabat faqat yomonlashadi," deb aytishgan.

CNN xabar qilishicha, Uolts Zelenskiyga endi xush kelmaganligini aytish uchun yuborilgan.

Fox News'ning Zelenskiy nima bo‘lganini tushundimi, degan savoliga Uolts shunday javob berdi: "Yo‘q, tushunmadi. Ochig‘ini aytganda, buni uning jamoasi angladi.Uning elchisi va maslahatchisi amalda - men nazarda tutayapmanki, ular deyarli yolvorib, ishni o‘lik nuqtadan siljitishni so‘rashdi. Ammo Zelenskiy baribir bahslashishda davom etdi".

Uoltsning aytishicha, u Ukraina rahbariga shunday degan: "Bu yerda vaqt sizning foydangizga ishlamayapti. Jang maydonida vaqt sizga qarshi. Jahon vaziyati nuqtai nazaridan ham vaqt sizning tomoningizda emas va eng muhimi, AQShning yordami va soliq to‘lovchilarning sabr-toqati cheksiz emas."

Tramp maslahatchisi yana qo‘shimcha qilishicha, Zelenskiy "shaharda yangi sherif borligini anglamagan": "Bu yangi prezident va biz dunyoga yangicha yondashuv qo‘llamoqchimiz."

Kiritildi: 23:50 01.03.2025. O'qildi: 3259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!