Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sevara Nazarxon, Dilnoza Kubayeva, Shahzoda, Rayhon Ulasenova — yulduzlar farzandining san’atkor bo‘lishini xohlaydimi?

Sevara Nazarxon, Dilnoza Kubayeva, Shahzoda, Rayhon Ulasenova — yulduzlar farzandining san’atkor bo‘lishini xohlaydimi?

O‘zbek san’atining mashhur yulduzlari farzandining shu yo‘ldan ketishini xohlaydimi? Quyida Sevara Nazarxon, Dilnoza Kubayeva, Shahzoda, Rayhon Ulasenova va Ra’no Shodiyevalarning farzandlari qaysi sohani tanlagani bilan tanishing.

Shahzoda

Shahzoda san’atkor ona sifatida farzandlarining san’at yo‘lidan ketishi xohlamaydi. Hatto uning ta’kidlashicha, sana’t erkaklar tanlaydigan kasb emas. Katta o‘g‘li Solih Plexanov nomidagi universitetni tamomlagan. O‘qish bilan birga san’atni ham barobar olib keta olgan. Onasining qarshiligiga qaramay, Solih bir nechta qo‘shiqlar yozdi va muxlislarining olqishiga erishdi. Shahzodaning aytishicha, Solih she’rlar ham yozib turadi.

Ra’no Shodiyeva

Ra’no Shodiyeva farzandlarining san’at sohasini tanlash istagiga qat’iy qarshilik qilgan. Uning Diyor, Raxshona va Amirxon ismli farzandlari bor. Bolalalari bir oz ulg‘ayganidan so‘ng ularga aktyor bo‘lishini taklif qilib ko‘rgan. Ammo bolalar bu sohani tanlash fikridan qaytgan edi. Biroq uning qizi mashhur «Novda» filmida rol ijro etib, yosh aktrisa sifatida tanilgan. Raxshona biznes boshqaruvi yo‘nalishida bakalavr diplomiga ega. Shu bilan birga, qilichbozlik sport turida O‘zbekiston chempioni hisoblanadi.

Sevara Nazarxon

Xonanda Sevara Nazarxon farzandlarining qarorini hurmat qiladi. Ammo o‘g‘li Deniz onasining yo‘lini tanlamadi. U hozirda maktab-internatda tahsil oladi. Xonandaning ta’kidlashicha, Deniz o‘zining tanlovidan mamnun: maktabida hech qanday gadjetlardan foydalanilmaydi, faqat o‘qish va kitob! Regbi sport turi bilan shug‘ullanadi. Deniz haftada bir marta oilasi bilan ko‘rishadi. Qizi Iman Anvar esa 2016 yilda Yangi Gvineyada tug‘ilgan.

Rayhon Ulasenova

Rayhon Ulasenova qizlari aktrisalikni tanlashini xohlamaydi. Ammo ularning tanloviga qarshilik qilmasligini aytgan. Rayhon va Yodgor Ulsenovlarning 3 farzandi bor — Azizbek, Mohinur va Maryam. Katta farzandi Aziz «Ilhom» teatrining mahorat maktabiga borgan, bir yil davomida sahnada rollar ijro etdi. Ammo biznes sohasiga qiziqqanligi sababli teatrni tark etdi. Mohinur esa musiqa maktabida skripka va fortepiano darslarini olib keldi. Kichkina qizi Maryam ham ijod yo‘lida — u raqs to‘garagining a’zosi.

Dilnoza Kubayeva

Aktrisa Dilnoza Kubayevaning 2008 yilda tug‘ilgan Muhammadamin ismli o‘g‘il farzandi bor. U o‘g‘lining san’atkor bo‘lishini xohlaydi, ammo Muhammadamin qaroriga qarshilik qilmasligini ta’kidlagan.

Manba: Teznews.uz

Kiritildi: 22:16 17.01.2021. O'qildi: 5460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!