Ispaniyalik markaziy himoyachi Serxio Ramos Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasiga o‘tishni istamadi.
"TyC Sports" xabariga ko‘ra, Argentina klubi 38 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan, biroq Ramos Argentinaga yo‘l olishni istamagan. "Boka" bosh murabbiyi Fernando Gago Ramosni "Real"da birga o‘ynagan davridan beri biladi.
Ispaniyalik futbolchining so‘nggi jamoasi "Sevilya" bo‘lib, u mazkur klubni 2024 yilning yozida tark etgandi. Bungacha Ramos "Real" va PSJ jamoalarida harakat qilgan. Himoyachi "Real" bilan 22 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, shu jumladan 4 marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan, PSJ» bilan ikki marta Fransiya chempioni bo‘lgan va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Ramos Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2010 yilda jahon chempioni, shuningdek, 2008 va 2012 yillarda Yevropa chempioniga aylangan.