Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Gruziya tinchlanmayapti

A A A
Gruziya tinchlanmayapti

Gruziyada hukumatning Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish haqidagi qaroriga qarshi norozilik namoyishlari 21 kundan beri davom etmoqda. Namoyishlar 28 noyabr kuni bosh vazir Irakliy Kobaxidze 2028 yil oxirigacha bunday muzokaralar muhokama qilinmasligini ma’lum qilganidan keyin boshlandi.

18 dekabr kuni faollar Tbilisidagi parlament binosi oldiga yig‘ildi. Ular Rustaveli xiyobonini to‘sib, Gruziya va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini ko‘tarib, parlament saylovlarini takroriy o‘tkazishni talab qilishdi. Namoyishchilar rasmiylarni Yevropa integrasiyasini sabotaj qilishda va mamlakatning xalqaro obro‘siga putur etkazishda aybladi.

Namoyishchilarning talablari orasida namoyishlarning ilk kunlarida hibsga olingan faollarni ozod qilish ham bor. Nafaqat poytaxtda, balki Gruziyaning boshqa shaharlarida ham mitinglar bo‘lib o‘tmoqda.

Bosh vazir Irakliy Kobaxidze avvalroq mamlakatning maqsadi 2030 yilgacha YEIga a’zo bo‘lish ekanini aytgan edi. Biroq uning integrasiyani to‘xtatish qarori mamlakat ichida va tashqarisida tanqidlarga sabab bo‘ldi. U yevropalik siyosatchilarni Gruziyani grantlar yordamida shantaj qilishda aybladi va bu hukumatni o‘z harakatlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi, dedi.

Bu qarordan keyin Gruziyaning AQSH, Niderlandiya, Litva, Bolgariya va Janubiy Koreyadagi elchilari iste’foga chiqdi.

Bunga xalqaro hamjamiyat tomonidan ham munosabat bildirildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziya rasmiylarining 19 nafar vakili, jumladan Kobaxidze va «Gruziya orzusi» partiyasi yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiya qo‘lladi. AQSh Davlat departamenti ham Gruziyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini e’lon qildi.

Kiritildi: 05:30 20.12.2024. O'qildi: 3696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!