Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yaqin orada Armanistonga tashrif buyuradi.
Bu haqda dushanba kuni Armaniston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ani Badalyan ma’lum qildi.
Yanvar oyida Moskvada Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan uchrashuvda Lavrov 2024-yil mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun og‘ir yil bo‘lganini, biroq Rossiya tomoni hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini aytgan.