Bugun, 27 yanvar kuni soat 12:47 da Toshkent shahar Sergeli tumani «Yangi Sergeli» MFY Sergeli 8A-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:58 da yetib borib, yong‘in soat 13:04 da bartaraf etildi.
Yong‘in natijasida xonadonning 3 kv.m. maydonida oshxona jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.