Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sergelida ayol 7 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Sergelida ayol 7 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi ayol o‘zining 2018 yilda tug‘ilgan, 7 yoshli qiz farzandini pichoqlab o‘ldirdi.

Manbalarga ko‘ra, qizcha shu o‘quv yilida maktabning 1-sinfiga qabul qilingan va endigina 1 hafta bo‘lgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ayolda avvaldan ruhiy holatning buzilishi va asabiylik holati uchrab turgan. Mahalla fuqarolar yig‘inidagi vakilining aytishicha, ayol joriy yilning 2 avgust sanasida ruhiy asab kasalliklari shifoxonasidan davolanib chiqqan va o‘sha kunning o‘zidayoq dispanserning nazorati ostiga olingan.

Voqea sodir bo‘lgan kuni marhum qizaloqning onasi o‘zining g‘alati va noodatiy xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan va shu harakatlarning ta’sirida farzandini pichoqlab qo‘ygan. Qizaloq esa, olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi(Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ayol prosessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 23:21 09.09.2025. O'qildi: 1331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!