Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sergelida 29 yoshli farg‘onalik ayol "samosud" qilindi. Aybdorlar aniqlandi

Sergelida 29 yoshli farg‘onalik ayol "samosud" qilindi. Aybdorlar aniqlandi

Internet tarmog‘ida tarqagan videoda 3 nafar ayollar boshqa bir ayolni tahqirlab, uni urayotganlari aks etgan.

Mazkur fakt Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganib chiqildi. Hodisa 7 avgust kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. Ayollarning shaxslari aniqlandi. Ular: 41 yoshli farg‘onalik muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131 moddasi 1 qismi (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) bo‘yicha sudlangan Mukarram M., 35 yoshli surxandaryolik muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131 moddasi 4 qismi va 169 moddasi 1 qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha sudlangan Shaxnoza P. Va 23 yoshli farg‘onalik Shahodatxon K.lar bo‘lgan. Jabrlanuvchi – 29 yoshli farg‘onalik Go‘zalxon E. edi.   

Uch nafar ayollar oldindan til biriktirib va Go‘zalxonni Mukarramning o‘g‘lini sehrlab rom qilganlikda ayblab, uni xo‘rlashgan. Mukarram hodisani telefon orqali videoga tushirib, jabrlanuvchini sharmanda qilish uchun tarmoqqa joylagan.

Mazkur fakt asosida Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110 moddasi 1 qismi (“Qiynash”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:43 09.08.2020. O'qildi: 25725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!